Asosiy kontentga o‘tish
Keys

Tarz

Brend oilasi va identity.

Qurilish bozori uchun mahsulotlar ekotizimiga ona brend - Tarz - va bitta belgi atrofida quriladigan brend oilasi ishlab chiqildi.

Xizmatlar
Strategiya / Kreativ

Brand architecture / Identity / Naming system

tarz
01 / Muammo

Har bir mahsulotga alohida logo - qimmat va tarqoq.

TunkaForm tunuka sohasi uchun ERP sifatida boshlandi, maqsad esa qurilish bozori uchun butun ekotizim.

Har bir yangi mahsulotga alohida logo chizish qimmat va brendni tarqoq qiladi.

02 / Belgi

Ikki qatlam, bir qadam siljigan.

Ikki qatlam, bir-biridan bir qadam siljigan. Bu tartib, qurilish qatlami va “z” harfining izi.

Shakl TunkaForm’dagi barg shaklidagi burchaklardan olingan, shuning uchun ikkala brend bitta oila bo‘lib ko‘rinadi.

tarz
tarz
120 px
64 px
32 px
16 px
03 / Brend arxitekturasi

Bitta belgi. Bitta so‘z.

Hammasi bitta belgi va bitta so‘z. Mahsulot faqat rang va ikkinchi so‘z bilan ajraladi - yangi mahsulot qo‘shish uchun logo chizish shart emas.

  • tarz

    #2E5BFF · tarz.uz

  • tarzpos

    #0FA968 · tarz.uz/pos

  • tarzmarket

    #FF6A13 · tarz.uz/market

  • tarzai

    #7C5CFF · api.tarz.uz/mcp

  • Tarz siyoh#10152B

  • Tarz ko‘k#2E5BFF

  • POS yashil#0FA968

  • Market to‘q sariq#FF6A13

  • AI binafsha#7C5CFF

  • TunkaForm ko‘k#0A6CFF

04 / TunkaForm by tarz

TunkaForm o‘zligini saqlaydi.

TunkaForm o‘z logosi, ko‘k rangi va mijozlari bilan qoladi.

“by tarz” faqat logotipda, sayt pastida va App Store tavsifida chiqadi - “Instagram from Meta” kabi.

TunkaForm logotipiby tarz
TunkaForm ilova belgisi
TunkaForm keysi
05 / Qoidalar

Brend har joyda bir xil ko‘rinishi uchun.

  • Logotip atrofida kamida belgining yarmicha bo‘sh joy.
  • Belgi 16 px dan, to‘liq logotip 80 px enidan kichik emas.
  • “tarz” logoda doim kichik harfda, matnda “Tarz”.
  • Shrift Onest, yakuniy fayllarda harflar vektorga o‘tkaziladi.
06 / Natija

Yangi mahsulot bir kunda brendga ega bo‘ladi.

Yangi mahsulot bir kunda brendga ega bo‘ladi, TunkaForm esa tanilganligini yo‘qotmaydi.